2022-yildan buyon ArdentSoft IT kompaniyasida dasturiy mahsulotlar yarataman. 50 ga yaqin loyihani amalga oshirib, an'anaviy dasturlash, Vibe Coding va AI agentlar yordamida biznes jarayonlarini raqamlashtirish bilan shug'ullanaman. 2026-yildan DATA ta'lim stansiyasida IT mentorman: 53 nafar o'quvchim kursni tamomlagan, 27 nafari hozirda tahsil olmoqda.
Python Backend Developer
Full Stack Developer
AI Engineer
Prompt Engineer
AI Agent Developer
IT Mentor
AI Agent Mentor
Vibe Coding Mentor
Hogwarts.uz EdTech platformasi muallifi
2 yil an'anaviy dasturlash, 2 yil Vibe Coding tajribasi
Kichik buyurtmalar 1–5 soatda bajariladi
02Ko'nikmalar
Ish qurollarim
Python
Django
FastAPI
PostgreSQL
React
Docker
GitHub
Cursor
Claude Code
n8n
03Xizmatlar
Nima bilan yordam beraman
Biznesni raqamlashtirish
Kichik, o'rta va yirik bizneslar uchun CRM, ERP va boshqaruv tizimlarini ishlab chiqaman. Excel va qog'ozda yuritiladigan jarayonlarni yagona raqamli tizimga o'tkazaman. Mijozlar, xodimlar, buyurtmalar va hisobotlarni boshqarish mexanizmlarini yarataman.
Web dasturlash
Tadbirkorlar, kompaniyalar va startaplar uchun korporativ saytlar, web-platformalar, backend tizimlari va REST API yarataman. Frontend, backend va ma'lumotlar bazasini yagona dasturiy mahsulotga birlashtiraman.
AI agentlar va avtomatlashtirish
Biznes jarayonlariga sun'iy intellektni integratsiya qilaman. AI agentlar, avtomatlashtirilgan ish jarayonlari va mavjud dasturlar o'rtasidagi integratsiyalarni yarataman. Takrorlanuvchi vazifalarni AI va n8n yordamida avtomatlashtiraman.
Individual IT yechimlar
Startaplar, tadbirkorlar va individual buyurtmachilar uchun Telegram botlar, MVP, maxsus dasturiy mahsulotlar va mavjud tizimlarga qo'shimcha funksiyalar yarataman. Buyurtmachining g'oyasini texnik topshiriqdan ishlaydigan mahsulotgacha olib boraman.
IT mentorlik va konsultatsiya
Python, Backend dasturlash, AI Agent, Prompt Engineering va Vibe Coding yo'nalishlarida mentorlik qilaman. O'quvchilarga dasturlash va AI vositalari yordamida mustaqil loyihalar yaratishni o'rgataman. Mentorlik faoliyatim davomida 53 nafar o'quvchi kursni tamomlagan, 27 nafari hozirda tahsil olmoqda.
Narxlar texnik topshiriq asosida kelishiladi. Kichik buyurtmalar 1–5 soatda bajariladi.